Yangi O’zbekistonning yangi saylovida 13 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi

Kecha O’zbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganiden beri birinchi marotaba Respublikaning Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi.

1327908
Yangi O’zbekistonning yangi saylovida 13 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi

Kecha 22-dekabr kuni O’zbekistonda Respublikaning Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlagan ovoz berish jarayoni 20:00 da o’z nihoyasiga yetdi.

Unda ilk aniqlashlarga ko’ra saylovchilarning 71.1 foizi ovoz bergan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug’bek Abdusalomov tomonidan mavzu haqida dastlabki berilgan ma’lumotga ko’ra saylovda mamlakat hududidagi 18 million 797 ming 810 saylovchidan 13 million 355 ming 911 nafari ishtirok etgan. Bu raqam saylovchilarning umumiy sonining 71.1 foizini tashkil etadi.

Abdusalomovning ta’kidlashicha bu vaziyat fuqarolarning hukumat tomomidan yo’lga qo’yilayotgan islohotlarning qo’llab-quvvatlanishining ko’rsatkichidir.

 “Yangi O’zbekiston! Yangi saylovlar!” shiori ostida bo’lib o’tgan saylovlarda O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiyasi nomidan jami 750 nomzod Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o’rni uchun kuch sinashdi. Saylovda eng ko’p ovoz olgan partiya Bosh vazir nomzodini aniqlab, uning tasdiqlanishi uchun davlat rahbariga taqdim etish huquqini qo’lga kiritadi.

Saylovchilar uchun O’zbekistondagi 150 ta saylov okrugida 10 ming 260 ta saylov uchastkasi tayyorlandi. Chet eldagi fuqarolar uchun O’zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida 55 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Ular orasida Turkiya ham bor.

Saylovda dunyoning 50 dan ortiq mamlakati bilan ular orasida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Butunjahon Saylov tashkilotlari assotsiatsiyasi, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi va Turk kengashi ham o’rin olgan tashkilotlar nomidan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi ishtirok etdi.

Saylovni qariyb 2 ming mahalliy va chet ellik jurnalist kuzatdi. Norasmiy natijalar bugun ma’lum qilinadi.  

Aytib o’tish joizki O’zbekistonda Respublikaning Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar oxirgi marotaba 2014-yilning dekabr oyida bo’lib o’tgandi. Unda Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o’rni uchun O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi 52, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36, Xalq demokratik partiyasi 27, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 20 va Ekologik partiyasi 15 o’rinni qo’lga kiritgan.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #saylov

Aloqador xabarlar