O‘zbekiston bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilishni rejalashtirmoqda

Toshkentda boshlagan «Xalqaro to‘qimachilik kunlari - 2019» doirasida uyushtirilgan navbatdagi xalqaro to‘qimachilik konferentsiyasida dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 100 dan ortiq mutahassis ishtirok etdi.

1266936
O‘zbekiston bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilishni rejalashtirayotganliklarini qayd etdi. 

Toshkentda boshlagan «Xalqaro to‘qimachilik kunlari - 2019» doirasida uyushtirilgan navbatdagi xalqaro to‘qimachilik konferentsiyasida dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 100 dan ortiq mutahassis ishtirok etdi.

Mazkur konferentsiyaning ochilish marosimida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev, bugungacha paxta xom ashyosini eksport qilgan O‘zbekistonning bundan buyon to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish orqali yirik investitisiyalar kiritib, to‘qimachilik tarmog‘ida muhim shaxdam qadamlar tashlashga harakat qilganliklarini ifoda etdi. Mamlakatda investitsiya va ish muhitini yaxshilantirishga alohida e’tibor berilganligini qayd etgan G‘aniyev, buning natijasida to‘qimachilik tarmog’ining mamlakatdagi eng yirik investitsiya kiritigan va eksport yo‘lga qo’ygan tarmoq bo‘lishga muvafafq bo‘lganligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Oxirgi 3 yilda tarmoqning rivojlantirilishiga qaratilgan faoliyatlar natijasida qayta ishlangan paxta miqdorini 2016-yildagi 400 ming tonnaga, o‘tgan yil esa 800 ming tonnaga chiqarganliklarini ta’kidlagan G‘aniyev, “Bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilishni rejalashtirar ekanmiz tarmoqga kiritilgan investitsiya miqdorini esa 500 million dollarga chiqarish niyatidamiz” dedi.



Aloqador xabarlar