O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Ikki yetakchi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

1243702
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

 

Shu yilning 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an telefon orqali muloqot qildilar.

Muloqot chog’ida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, O‘zbekiston Prezidentining ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda bugungi yuksak darajaga erishishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Kuni kecha Ankara shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi natijalari samarali bo‘lgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli yo‘nalishlarda, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish borasida tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Ikki yetakchi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

 

 



Aloqador xabarlar