Nazarbekov: “O’zbek xalqining madaniyatini dunyoga tanitish uchun TURKSOY eng to’g’ri manzildir”.

O’zbekiston TURKSOY bilan bo’lgan munosabatini mustahkamlasda, aloqalar o’rnatilmagan davrning o’rnini to’ldirishga alohida e’tibor berishni rejalashtirmoqda.

1132612
Nazarbekov: “O’zbek xalqining madaniyatini dunyoga tanitish uchun TURKSOY eng to’g’ri manzildir”.

O’zbekiston Madaniyat vaziri birinchi o’rinbosati Ozodbek Nazarbekov Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti TURKSOYga tashrif buyurib, TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov bilan uchrashdi.

Nazarbekov va hamrohligidagi hay’atni tashrif chog’ida Kaseinov TURKSOY xodimlari bilan tanishtirdi.

Poytaxt Anqaradagi TURKSOY binosida bo’lib o’tgan uchrashuvda Kaseinov bilan Nazarbekov TURKSOY bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi va yaqin kelajakda amalga oshiriladigan faoliyatlari haqida gaplashdi.

O’rta asrga oid Turk-Islom madaniyatining nodir madaniy va me’moriy yodgorligi hisoblangan Xiva shahrining, 2020-yili “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinajagini eslatgan TURKSOY Bosh kotibi Kaseinov, O’zbekiston bayrog’ining har doim TURKSOY binosida xilpirap turishini qayd etdi.  

TURKSOY bilan bo’lgan munosabatni mustahkamlash irodasi

Nazarbekov esa O’zbekistonning uyg’onish davrini boshdan kechirayotganligini va bu davrda, aloqalar o’rnatilmagan davrning o’rnini to’ldirish uchun yana-da fidokorlik bilan mexnat qilinishi kerakligini ta’kidlagan holda, TURKSOY bilan jadal ravishda munosabatlarni mustahkamlash niyatida ekanliklarini bildirdi.

TURKSOY Doimiy kengashi tomonidan Qirg’izistonning Osh shahrining “2019-Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinganidan boxabar ekanliklarini eslatgan Nazarbekov o’z so’zini quyidagicha davom ettirdi:

“O’zbekistonning Xiva shahrining 2020-yili Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilinishini xohlaymiz. Shu doirada qadimiy Xorazmshoxlar davlatining tarixini qo’lga olgan bir serialni Turk prodyusserlari bilan birgalikda suratga olishlikni rejalashtirmoqdamiz. Shu asosda prodyusser va senarist Mehmet Bozdag’ bilan uchrashuv ham o’tkazdik. Qarar qabul qilishimizbilanoq tasvirga olish ishlarini boshlatamiz. Nasib qilsa, “Xiva 2020-Turk dunyosining madaniy poytaxti” ochilish marosimida serialning primyerasi o’tkazilmoqchi. Bugungi kunda jadal rivojlanish va yangilanish jarayonidagi O’zbekistonning TURKSOY bilan hamkorligini mustahkamlanishi alohida o’ringa egadir. Chunki o’zbek xalqining madaniyatini, urf-odatlarini butun dunyoga eng a’lo darajada tanitish uchun TURKSOY eng to’g’ri manzildir”.

Uchrashuv yakunida Kaseinov Nazarbekovga dunyoga mashur qirg’iz yozuvchisi Ching’iz Aytmatov tavalludining 90-yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Ching’iz Aytmatov medali” va “Ching’iz Aytmatovni o’qish” deb nomlangan san’at albomini taqdim etdi.

Qirg’izistonning Cho’lpon-ota shahrida 2018-yilning 3-sentabri kuni uyushtirilgan va Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya a’zo bo’lgan Turk kengashining 6-sammitida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “fahriy mehmon” sifatida ishtirok etkandi. Mazkur sammitda so’zlagan nutqida Prezident Mirziyoyev,  Xalqaro turk madaniyati tashkiloti  - TURKSOYning 2012-yildan beri davom ettirib kelayotgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” tanlash an’anasiga binoan, 2020-yil madaniyat poytaxti uchun Xiva shahri nomzodligini taklif qilgan. Ortidan kerakli faoliyatlarini boshlatgan TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov, 2018-yilning 24-dekabri kuni hamrohligidagi hay’at bilan Ozbekistonning Madaniyat vaziri Bahtiyor Sayfullayevning taklifiga binoan Toshkentda bo’lib qaytdi.

Kaseinov Toshkentga bo’lgan tashrifi chog’ida O’zbekistonning Madaniyat vaziri Bahtiyor Sayfullayev bilan uchrashib unda, O’zbekistonning TURKSOYdagi o’rniga e’tibor qaratgan holda, “O’zbekistonning faol ishtirokisiz Turk dunyosi yarim. Uning boy tarixi va madaniyati nafaqat turk dunyosining, balki butun dunyo madaniyatining xazinasidir” degan ifodalarga o’rin bergandi.

 

 


 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar