O'zbekistondan xabarlar 1-qism

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashdi.

1118347
O'zbekistondan xabarlar 1-qism

Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan 2019 yilning 1 - yanvardan boshlab Vladimir Norov, Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Norov bu vazifasiga qadar O`zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

Norov, 2019 - 2020 - yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlaydi.

Ma'lumki, Vladimir Norov o'tgan yilning iyun oyi boshlarida Sindaoda o`tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot bosh kotibligiga tasdiqlangan edi.

O`zbekiston vakili bu lavozimda 2016 - 2018 yillarda bosh kotib lavozimida ishlagan Tojikiston vakili Rashid Alimov o`rnini egalladi.

Vladimir Norov 2006 - 2010 - yillarda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri bo`lib ishlagan.

         

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashdi.

O'tgan haftada O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shenni qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog'ida O‘zbekiston - Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xabarda aytilishicha, 2017 va 2018 - yillarda bo'lib o'tgan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi va ularning natijalari o‘zaro munosabatlarning barcha jabhalaridagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi jo‘shqinlik berdi.

Ayni paytda ikki mamlakat prezidentlari raisligida O‘zbekiston - Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisini 2019 - yili o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Uchrashuvda, shuningdek, turli darajalarda bo'lajak boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Kamilov, Ahmet Bashar Shenni ikki yillik samarali faoliyatini qayd etdi va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashga qo'shgan sezilarli hissasi uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Ahmet Bashar Shen, o'z navbatida, O'zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun O'zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.         

Shavkat Mirziyoyev Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Magnitogoroskda ko`p qavatli uy qulab tushgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yubordi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Magnitogorsk shahrida ko`p qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi.

Bu xaqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Dushanba kuni ertalab Magnitogorskda, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy gaz portlari natijasida 10 qavatli uy pod`ezdlaridan biri qulab tushgan.

Yuzdan ziyod kishi istiqomat qiluvchi 48 kvartira vayron bo`lgan xududda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

2 - yanvarga qadar vayronalar ostidan 5 kishi qutqarib olingan, shuningdek 24 kishining jasadi chiqarib olingan.

Ayni vaqtda ko'plab kishilarning hayoti noma`lumligicha qolmoqda.

         

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga jo'nab ketdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkaziladigan futbol bo'yicha Osiyo kubogida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Bir necha kundan so`ng Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo`yicha Osiyo Kubogi start oladi.

Ushbu musobaqada O`zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

2 - yanvar kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zolari Birlashgan Arab Amirliklariga jo`nab ketdi.

Futbolchilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi.

Bu haqda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qomitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston terma milliy terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.

Ma'lumki, O`zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9 - yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. İkkinchi o`yin 13 - yanvar kuni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tsa, O'zbekiston termasi so`nggi bahsda 17 - yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #So'ngi , #Yangiliklar

Aloqador xabarlar