Turkiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzaxga tashrif buyurdi

Ishbilarmonlar jizzaxlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash niyatida ekanligini bildirdi.

1092436
Turkiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzaxga tashrif buyurdi

 

Turkiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzaxga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasining Türk Pazarlama Danışmanlık va Arvena Dış Tic ve Danışmanlık kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzax viloyatida bo‘ldi,  deb yozadi O‘zA.

Delegatsiya a’zolari viloyat hokimi E. Soliyev bilan uchrashdi. Unda Arvena Dış Tic ve Danışmanlık kompaniyasi rahbari Yunus Ig‘dir, Türk Pazarlama Danışmanlık kompaniyasi bosh menejeri Tamer O‘zturk kompaniyalari faoliyati haqida ma’lumot berdi. Ishbilarmonlar jizzaxlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash niyatida ekanligini bildirdi.

Viloyat hokimi mehmonlarni hududning investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Hokim e’tiborni mehmonxonalar, meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonalari, meva-sabzavot saqlaydigan katta hajmdagi muzlatgichlar qurish, baliqchilikni rivojlantirish istiqbollariga qaratdi. Viloyatda logistika markazlari tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga viloyat iqtisodiy imkoniyatlari haqidagi videorolik namoyish etildi. Delegatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Turkiyalik ishbilarmonlar tashrif davomida “Jizzax tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati hamda Jizzax shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #O'zbek , #Hamkorlik

Aloqador xabarlar