O'zbekiston va Qirg'iziston chegara masalalari bo'yicha muzokara o'tkazdi

Uchrashuv chog'ida dala tekshiruvlarining yakunlari ko'rib chiqildi va davlat chegarasining qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.

O'zbekiston va Qirg'iziston chegara masalalari bo'yicha muzokara o'tkazdi

Shu yilning 1-7 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi o'rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida dala tekshiruvlarining yakunlari ko'rib chiqildi va davlat chegarasining qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.

Mazkur muzokaralar davomida O'zbekiston Respublikasining Farg'ona viloyati bilan Qirg'iziston Respublikasining Botken viloyati tutashgan hududidagi ikkita uchastka (Shohimardon va G'aznov) bayon qilindi.

Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi.

Unda O'zbekistonning Farg'ona va Namangan viloyatlari bilan Qirg'izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan ikki davlat chegarasining qolgan uchastkalarida dala tekshiruvlarini o'tkazishga kelishib olindi.

 


Tanlangan kalimalar: muzokara , chegara , Qirg'iziston , O'zbekiston

Aloqador xabarlar