THYning Samarqand-Istanbul qatnovi 16-mart kuni boshlamoqchi

Turkiyaning O’zbekiston elchisi Ahmet Bashar Shen, Istanbul-Samarqand yo’nalishi bo’yicha muntazam havo qatnovining 16-mart kuni boshlashini ma’lum qildi.

924839

O’zbekistonda uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so’zlagan Bashar Shen,

“Ikkala tomon, Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasida yangi qatnovlar ta’minlanishi masalasini muhokama qilmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida faqatgina qatnov sonining emas ayni vaqtda, aeroportlar soni ham orttirilishi darkor. Turk havo yo’llarining Samarqand-Istanbul qatnovi 16-mart kuni boshlaydi. Sinov tariqasida o’tgan 2017-yilning 30-marti kuni birinchi qatnovlar amalga oshirilgan edi. O’zbekiston havo yo’llariga oid uchoqlar bu yo’nalishda bir haftada ikki marotaba qatnayapdi lekin qatnov soni ortadi” dedi.

Ikkala mamlakat poytaxtlari o’rtasidagi qatnovlarga ham to’xtalgan Bashar Shen,

“Yaqinda qatnov soni 7dan, 14ga chiqariladi” deya gapirdi.

Aloqador xabarlar