Turkmaniston Afg’oniston bilan Pokistonga elektr eksport qiladi

Bu TUTAP (Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston) loyihasi asosida amalga oshiriladi.

872509
Turkmaniston Afg’oniston bilan Pokistonga elektr eksport qiladi

Turkmaniston Afg’oniston bilan Pokistonga elektr eksport qiladi.

Turkmaniston hukumati iqtisodiy jihatdan murakkab davrni ortda qoldirish uchun energiya bozorini kengaytirishga harakat qilmoqda.

Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston va Tojikistonning qo’llab quvvatlovi bilan Afg’oniston va Pokistonga elektr eksport qiladi.

Bu TUTAP (Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston) loyihasi asosida amalga oshiriladi.

Turkmaniston bu doirada dastlab Afg’onistondagi elektr sistemasini butunlay o’z sistemasi bilan yangilaydi.

Turkmaniston hozirda Afg’onistonga arzon narxda elektr yetkazmoqda.

TUTAP loyihasi aslida Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik dasturi (CAREC) tomonidan energiya sektori uchun ishlab chiqilgan reja bo’lib hisoblanadi.

Loyiha asosida Afg’oniston orqali Pokistonga yetkaziladigan elektr liniyasi uchun 500 KW hajmida yuksak volt liniya tashkil qilinishi rejalanmoqda.

TUTAP liniyasi Turkmaniston-Afg’oniston-Pokiston-Hindistonni o’z ichiga olgan TAPI loyihasi bilan bitta liniyadan foydalanadi.

Neft narxi tushib ketganidan so'ng ushbu beshta davlat valyutasi dollarga nisbatan keskin pasaydi, ularning iqtisodiyoti o'sishi esa ancha sekinlashdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Afg'oniston , #elektr , #Pokiston , #TUTAP , #neft

Aloqador xabarlar