Sooronbay Jeenbekov amaliy tashrif bilan Rossiyaga qarab yo’l oldi

Rossiya tomonining taklifiga binoan amalga oshayotgan ushbu tashrif doirasida Jeenbekov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi.

857471
Sooronbay Jeenbekov amaliy tashrif bilan Rossiyaga qarab yo’l oldi

Qirg’izistonning yangi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov amaliy tashrif bilan bugun Rossiyaga qarab yo’l oldi.

Rossiya tomonining taklifiga binoan amalga oshayotgan ushbu tashrif doirasida Jeenbekov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalarining qo’lga olinishi va kun tartibi masalalarida fikr almashilishi kutilmoqda.

Jeenbekovning shuningdek, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashuv o’tkazishi, uchrashuv chog’ida tomonlarning savdo va iqtisodiy masalalarni qo’lga olishi kutilmoqda.

Aytib o’tish joizki joriy yilning 15-sentabri kuni Qirg’izistonda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovi natijasida g’alaba qozongan Sooronbay Jeenbekov 24-noyabr kuni rasmiy ravishda o’z vazifasini boshlagan edi. Shuning uchun ham Jeenbekovning ushbu tashrifi Prezident sifatida birinchi chet el tashrifi hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar