O'zbekiston havo yo'llari bugun Samarqand-Istanbul reysini amalga oshiradi

Birinchi reys bugun, 30 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Turkiya vaqti bilan soat 18:00da) Samarqanddan Istanbulga parvoz qiladi.

836900
O'zbekiston havo yo'llari bugun Samarqand-Istanbul reysini amalga oshiradi

O'zbekiston havo yo'llari bugun, 30 oktyabr kunidan e’tiboran Samarqand-Istanbul reysini amalga oshiradi.

O'zbekiston havo yo'llari aviakompaniyasi ma’lum qilishicha, talab katta bo’lgani uchun Samarqand-Istanbul-Samarqand yo'nalishida doimiy parvozlarni yo’lga qo’yish to’g’risida qaror olingan. Birinchi reys bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Turkiya vaqti bilan soat 18:00da) parvoz qiladi.

Samarqand aeroportida o’tkaziladigan marosimdan so’ng, parvoz qiladigan O'zbekiston havo yo'llari samolyoti Turkiya vaqti bilan soat 23:00da Istanbulga qo’nadi.

Hozircha haftaning har dushanba kuni soat 20:00da Airbus A320 va Boeng 757 samolyotida parvoz qiladigan yo’lovchilar 16 noyabrdan boshlab payshanba kunlari ham aviakompaniya xizmatidan foydalanishi mumkin.

O'zbekiston havo yo'llari ayni paytda, haftaning har kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo’nalishida havo reyslarini amalga oshirmoqda.

O'zbekiston havo yo'llari aviakompaniyasi hozirda dunyoning 23 ta mamlakatidan jami 52 ta yo’nalishda parvoz qilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar