Qirg’iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o’z vazifasidan iste’fo etdi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi prezident Almazbek Atambayev tomonidan qabul qilindi.

794340
Qirg’iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o’z vazifasidan iste’fo etdi

Qirg’iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o’z vazifasidan iste’fo etdi.

“Men bosh vazir lavozimidan ketishga qaror berdim. Qirg'iziston prezidentini bu haqda xabardor qildim. Markaziy Saylov Komissiyasi meni prezidentlikka nomzod sifatida ro'yxatdan o'tkazdi”, - deydi Jeenbekov hukumat yig'ilishida.

Qirg'iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov xozirda mamlakat prezidentligi uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.

U saylov qonuniga binoan bosh vazirlik lavozimidan iste’fo etganini va iste’fo maktubini prezidentga topshirganini ma’lum qildi.

“Men uchun saylovlarning adolatli va shaffof o’tkazilishi juda muhim. Siyosatchilar davlat imkoniyatlaridan foydalanyabdi deb o’ylamasinlar. Shu bois, bosh vazirlik vazifamdan iste’fo etdim”,-deydi Jeenbekov.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Jeenbekovning iste’fosi prezident Almazbek Atambayev tomonidan ham qabul qilindi.

Qirg’izistonda 15 oktyabrda o’tkaziladigan prezidentlik saylovlariga jami 59 kishi o’z nomzodini qo’ydi.

Markaziy Saylov Komissiyasi xozirgacha “Oq Shumqor” partiyasi lideri va sobiq bosh vazir Temir Sariyev, “Respublika Ota Yurt” partiyasi qurultoyi parlamentdagi muxolifat yetakchisi, Qirg'iziston sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov va Qirg'iziston Sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Sooronbay Jeenbekovning nomzodligini qabul qildi.

Yangi hukumat saylangunga qadar bosh vazir vazifasini bosh vazir o'rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev bajaradi.

 



Aloqador xabarlar