Abdulaziz Kamilov YIning Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kecha Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.

721939
Abdulaziz Kamilov YIning Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi

Kecha 2017-yilning 27-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra suhbat davomida O’zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

Muloqot chog’ida mintaqalararo Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvini O’zbekistonda o’tkazishga tayyorgarlik ko’rishning amaliy jihatlari ko’rib chiqilgan.

Shuningdek, bo’lajak ikki tomon uchrashuvlari va hamkorlikdagi qo’shma institutlar majlisining jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan.

Muzokaralarda YIning O’zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Elchi Eduards Stiprays ham ishtirok etgan.

 



Aloqador xabarlar