Yevroosiyo va Turkiya munosabatlari 12-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Yevroosiyo qit’asida, Turk dunyosining qaysidir sohasida samarali ilmiy ishlar olib borayotgan eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri Turk akademiyasi haqida so’z qilamiz.

697557
Yevroosiyo va Turkiya munosabatlari 12-qism

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Dasturimizning bugungi bo’limida Yevroosiyo qit’asida, Turk dunyosining qaysidir sohasida samarali ilmiy ishlar olib borayotgan eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri Turk akademiyasi haqida so’z qilamiz.

Bu haqidagi ma’lumot Ataturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi maruzasiga tayanadi.

Turk tilida so’zlashuvchi mamlakat liderlarining 2009-yilning 3-oktabri kuni Ozarbayjonda bo’lib o’tgan to’qqizinchi sammitida Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turk dunyosining turli sohalarida ilmiy ishlar olib boradigan xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etishni taklif qildi. 2012-yilning 23-avgusti kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkekda uyushtirilgan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorligi kengashi sammitida esa Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkiyaning tashabbusi bilan Turk akademiyasi tashkil topdi. Akademiya 2014-yilning 27-avgusti kuni Xalqaro tashkilot statusini oldi.   

Akademiyaning eng asosiy maqsadi Turk dunyosida umumiy alifbo, umumiy atama, umumiy tarix, umumiy adabiyot va boshqa mavzulardagi ijtimoiy fanlar sohasiga rahbarlik qilishdir. Akademiya faoliyatlari eng ko’p Turkiya Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi (TIKA) tomonidan qo’llab-quvvatlamoqda. Hatto agentlik akademiyaning, Mo’g’ulistonning O’tuken shahrida, muhim kashfiyotlarga erishishiga yo’l ochib berdi. Bu doirada qariyb 60 ta turk qavmi tomonidan birgalikda, 693-yili tosh ustiga bitilgan muhim asari topildi.     

Akademiya Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya nomidan Turk tarixi bo’yicha ekspert-olimlar ishtirokida Turk kengashiga a’zo davlatlarning umumiy o’rta ta’lim o’quvchilariga atab Umumiy Turk tarixi darslik kitobini tayyorladi. Umumiy akademik faoliyatlar bilan umumiy darsliklar Turk dunyosining madaniy birligi, hamjihatligi va intellektual hamkorligiga xizmat qiladi. Shuningdek umumiy qadriyatlar, umumiy tarix va umumiy adabiyot Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamiyatlarning hamjihatligi uchun intellektual poydevor vazifasini o’taydi.

Turk akademiyasi tomonidan darslik kitoblardan tashqari 3 ta nufuzli ilmiy jurnal ham chop etilmoqda. Ulardan Global-Turk jurnalining birinchi soni 2014-yili,  Altay ve Turkiyat jurnali 2013-yili, Тurkic Weekly jurnali esa 2015-yilning noyabr oyidan beri chop etilmoqda.

Xalqaro Turk akademiyasi Tarix va etnologiya, san'at va madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar, xalqaro tadqiqotlar, adabiyot va atamalar degan nom bilan beshta akademik bo’limni o’z ichiga olgan.

Markazi Qozog’iston poytaxti Ostonada o’rin olgan Turk akademiyasining davriy rahbari professor doktor Darhan Qidiralidir. Darhan Qidirali Turk dunyosidagi taniqli olimlardan biri hisoblanadi. U magistratura bosqichida 1998-yili Turkiyaning Izmir shahrida o’rin olgan Egey universitetida ta’lim olgan va “Mustafa Shokayning hayoti, xizmatlari va dunyoga ko’z qarashi” deb nomlangan magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ortidan 2001-yili Istanbul universitetida “Turkistondagi jadidchilik harakati va uning Turkiya bilan bo’lgan aloqalari” deb nomlangan dissertatsiyasi bilan doktorlik unvonini oldi.

Turk akademiyasi faoliyatlari tashkil topganidan beri ancha rivojlandi. O’z maqsadlari tomon kun o’tgan sayin shaxdam qadamlar tashlab kelmoqda.  

U bugungi kunda UNESCO bilan BMT markazlarida tadbir o’tkaza oladigan nufuzli tashkilotga aylandi desak mubolag’a bolmaydi. Shunday ekan Turkiya, Qozog'iston, Ozarbayjon va Qirg'iziston akademiyaga bo’lgan yordamini yana da orttirishi va muntazam ravishda mablag’ ajratishi kerak. Bu vaziyat balkim Turk akademiyasining yana-da mazmunli va muhim faoliyatlar olib borishiga yo’l ochadi. Shuningdek O’zbekiston bilan Turkmanistonning ham Turk akademiyasini qo’llab-quvvatlashi va akademiya faoliyatlarida ishtirok etishi nafaqat o’zlari uchun balki Turk dunyosi uchun ham foydali bo’ladi.

 



Aloqador xabarlar