Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni Navro'z bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik hamda baxt, sog'lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tiladi.

695838
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni Navro'z bayrami bilan tabrikladi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni Navro'z bayrami bilan qutlab, tabrik telegrammasini jo'natdi.

Tabrik telegrammasida jumladan shunday deyiladi: "O'z qadimiyligi va ajoyib go'zalligi bilan ajralib turuvchi Navro'z azaldan O'zbekiston va Tojikiston xalqlari mentalitetining, an’ana va ezgu intilishlarining o'ziga xosligi va yaqinligini gavdalantirib kelmoqda. Bu bayram, shuningdek, O'zbekiston-Tojikiston hamkorligini bir-birini qo'llab-quvvatlash va o'zaro manfaatlar hisobga olingan qat’iy tamoyillar asosida har tomonlama kuchaytirishga sodiqligimiz ramzi hamdir. O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi qo'shnichilik va uzoq muddatli har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonaman”.

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik hamda baxt, sog'lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tiladi.



Aloqador xabarlar