Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Turkmanistonga jo’nab ketmoqda

Eslatib o’tamiz Mirziyoyevning Turkmanistonga qaratilgan ushbu safari uning prezidentlikka saylanganidan keyingi birinchi chet el safari hisoblanadi.

684441
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Turkmanistonga jo’nab ketmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017-yilning 6-7-marti kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo’ladi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra tashrif doirasida davlat rahbarlari O’zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko’lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar. 

Shuningdek oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo’yicha davlat rahbarlarining Qo’shma bayonoti, Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnoma, shuningdek turli sohalardagi o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz Mirziyoyevning Turkmanistonga qaratilgan ushbu safari uning prezidentlikka saylanganidan keyingi birinchi chet el safari hisoblanadi. Ayni vaqtda Gurbanguli Berdimuhammedovning, prezidentlikning uchinchi muddatiga saylanganidan keyingi birinchi oliy darajali chet ellik mehmoni hisoblanadi.  



Aloqador xabarlar