Abdulaziz Kamilov XQXQ mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Jan-Jerom Kasabyanka-Xalqaro qizil xoch qo’mitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbaridir.

678152
Abdulaziz Kamilov XQXQ mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

2017-yilning 22-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro qizil xoch qo’mitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbari Jan-Jerom Kasabyankani qabul qildi.

Bu haqida ma’lumot tarqatgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga ko’ra J.J.Kasabyanka Vazirga XQXQ Prezidenti Peter Maurer imzolagan tayinlov to’g’risidagi maktubni topshirgan.

Suhbat davomida 2017-yilda 25-yil to’ladigan O’zbekiston va XQXQ o’rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari ko’rib chiqilgan.

Shuningdek uchrashuv chog’ida o'zaro kelishilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlangan.

 



Aloqador xabarlar