Bugun Turkmanistonda prezidentlik saylovlari bo’lib o'tmoqda

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxoboddagi 68-maktabda tashkil etilgan 48-saylov uchastkasida ovoz berdi.

670573
Bugun Turkmanistonda prezidentlik saylovlari bo’lib o'tmoqda

Bugun, 12 fevral kuni Turkmanistonda prezidentlik saylovlari bo’lib o'tmoqda.

Butun mamlakat bo'ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07.00da ochildi.

Ushbu prezidentlik saylovi respublika mustaqillikka erishganidan keyingi beshinchi prezidentlik saylovi bo’lib hisoblanadi.

Ayni paytda, Turkmanistonda davlat konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun tasdiqlangach, o’tkazilgan dastlabki saylov hisoblanadi.

Davlat konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish asosida prezident vakolatlari muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirildi, prezidentlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi olib tashlandi, u avval 70 yoshni tashkil etar edi.

Saylovda jami 9 nomzod bellashmoqda, jumladan mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ham nomzodlar qatoridan o’rin olgan.

Gurbanguli Berdimuhammedov prezidentlik saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkalaridan biriga tashrif buyurgan.

Ma’lumotga ko’ra, prezident Ashxoboddagi 68-maktabda tashkil etilgan 48-saylov uchastkasida ovoz bergan.

Boshqa nomzodlar ham yakshanba kuni erta tongda saylov uchastkalariga kelib, ovoz berdi.

Saylovlarda jami 2578 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan, bulardan 39 nafari Turkmanistonning xorijdagi diplomatik missiyalari qoshida tashkil qilindi.

Saylovda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 19.00gacha davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar