O’zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi

Uchrashuv davomida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov Turkmaniston O'zbekiston bilan ko'p qirrali davlatlararo muloqotni kengaytirishga tayyor ekanini ta`kidlab o'tdi.

660323
O’zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi

O'zbekiston Bosh vazirining birinchi o'rinbosari va “O'zbekiston temir yo'llari” Jamg’armasi boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda bo’ldi.

Delegatsiya a’zolari poytaxt Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi.

O'zbekiston delegatsiyasi turkman-o'zbek savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo'yicha navbatdagi qo'shma yig'ilishda ishtirok etish maqsadida Ashxobodga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov Turkmaniston O'zbekiston bilan ko'p qirrali davlatlararo muloqotni kengaytirishga tayyor ekanini ta`kidlab o'tdi.

Uchrashuv doirasida bir qator muhim yo'nalishlar, jumladan yoqilg'i-energetika va transport-kommunikatsiya, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, ta’lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalardagi ko'p yillik samarali sheriklikning hozirgi holati va istiqbollari haqida fikr almashildi.

Tomonlar o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Shu bilan bir qatorda, hukumatlararo komissiyaning turli darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi faoliyati ijobiy baholandi.

Ta’kidlanishicha, har ikki mamlakat mintaqadagi umumiy muammolarni hal etish bo'yicha hamkorlikni mustahkamlashga katta e’tibor bermoqda.

Orolni qutqarish va suv resurslaridan oqilona foydalanish shular jumlasidandir.

 



Aloqador xabarlar