Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 3-qism

Bugungi dasturimizda O’zbekistonning yangi davri va Turkiya-O’zbekiston munosabatlari haqida so’z qilamiz.

658764
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 3-qism

O’zbekistonda, mamlakatning birinichi Prezidenti Islom Karimovning vafoti ortidan 2016-yilning 4-dekabri kuni Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi. Ushbu saylovdan oldin esa Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an O’zbekistonga tashrif buyurdi. Shunday ekan keling bugungi dasturimizda O’zbekistonning yangi davri va Turkiya-O’zbekiston munosabatlari haqida so’z qilaylik.

O’zbekiston 30 milliondan ortiq aholisi, geostrategik holati, o’zining qadimiy tarixi, boy madaniy qadriyatlari va iqtisodiy salohiyati jihatidan Yevroosiyo mintaqasida muhim o’ringa eda. Mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti ortidan Yevroosiyo mintaqasida hammaning ko’zi-qulog’i O’zbekistonga yo’naldi. O’zbekiston fuqarolari mamlakatning ikkinchi Prezidentini saylash uchun 2016-yilning 4-dekabri kuni ovoz berdi. Saylovda, 2003-yildan beri Bosh vazirlik vazifasini bajarib kelgan va Karimovning 2016-yilning 2-sentabri kuni vafot etishi ortidan vaqtinchalik Prezidentlik vazifasini ham o’z zimmasiga olgan Shavkat Mirziyoyev g’olib bo’ldi.  

O’zbekiston fuqarolari o’zining ikkinchi Prezidentini saylashidan oldin mamlakatda muhim uchrashuv bo’lib o’tdi. Yani Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an 2016-yilning 17-18-noyabri kunlari O’zbekistonga bordi va u yerda Shavkat Mirziyoyevni ziyorat qildi.   

Turkiya 1991-yili O’zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat hisoblanadi. Shu bois ham bu ikki mamlakat o’rtasidagi munosabat jadal rivojlandi. Bunga qaramay 2005-yili O’zbekistonda yuz bergan Andijon voqealarini qo’lga olgan BMTning Yalpi majlisida Turkiya O’zbekistonga qarshi ovoz berdi. Shu tufayli 1991-yili yaxshi boshlagan Turkiya-O’zbekiston munosabatlari 2005-yildan keyin birdaniga sovub ketdi. Erdog’anning 2003-yildagi ziyorati ortidan o’tgan 2016-yili amalga oshirgan ziyorati, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni qayta tiklashiga yo’l ochishi mumkin. Samarqandda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida Erdog’anning, “ikki mamlakat hamkorligining yangi imkoniyatlari”, Mirziyoyevning esa, “Bundan buyon so’zda emas amalda hamkorlik qilishning ayni vaqti” degan ifodalari yuqorida biz aytib o’tgan fikrni qo’llab-quvvatlaydi.

O’zbekiston o’zining tarixiy aloqalari yuzasidan Turkiya e’tiboridagi davlatlardan biri hisoblanadi. O’ylaymizki Erdog’anning ushbu ziyorati orqali ikki mamlakat o’rtasidagi munosabat qayta tiklanadi.  

Turkiya-O’zbekiston munosabatlarida tekstil, sog’likni saqlash, turizm bosh bo’lish bilan birga iqtisodiy va xavfsizlikni saqlash sohalarida ikki mamlakat munosabati tez rivojlanadi. Albatta bu munosabatlar fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositasi va ta’lim muassasalarining ham hamkorligi bilan qo’llab-quvvatlanishi darkor. Qozog’istondagi Ahmat Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti kabi o’rtoq Turkiya-O’zbekiston universitetining ham tashkil topishi ikki mamlakat munosabatining 

qayta tiklanishiga ijobiy hissa qo’shadi. Bu borada har ikki mamlakatning ham say-harakati muhim hisonlanadi.

Karimov rejimining o’ziga xos ikkita xususiyati bor edi. Ulardan biri avtoritar hukumat ikkinchisi esa, Sovet ittifoqining siyosiy tizimini davom ettirishi. Karimov Markaziy Osiyodagi yirik kuchlar kurashiga qarshi o’z yurtini himoya qilish uchun sal izolyatsiya siyosatini tanlagan edi. Yangi liderlik geosiyosiy muomalalarga proaktiv siyosat orqali javob berishni tanlaydigandek ko’rinmoqda.

O’zbekiston o’zining o’rnashgan joyi va aholi soni jihatidan Yevroosiyoning eng muhim davlatlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston bilan o’z munosabatini mustahkamlamay turib Turkistonda mavjud bo’lishning o’zi murakkab. Bu xususiyati jihatidan O’zbekiston kelajakda, global va mintaqaviy aktyorlarning hamkorligi uchun tez-tez murojaat qilingan davlatga aylanadi.   

Mirziyoyev Prezidentlik vazifasining birinchi davrida radikal siyosiy o’zgarishlarga murojaat qilishdan avval xalqning ijtimoiy muammolarini hal qilish va qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalasiga yonalishi mumkin. Mirziyoyevning tashqi siyosatda qo’shni va turk tilida so’zlashuvchi davlatlarga yana-da katta ahamiyat berib, yumshoq uslub kuzatib borajagi kutilmoqda. Janob Prezidentning prezident sifatida birinchi chet el ziyoratini Rossiyaga qaratishi, Rossiya-O’zbekiston munosabatlarini ayniqsa, iqtisodiy sohada yana-da mustahkamlash niyatida ekanligining ko’rsatkichidir.    

Mirziyoyev davri O’zbekiston uchun yangi boshlang’ich hisoblanadi. Karimov Turk kengashi bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy hamkorlikga qarshi uzoq siyosat kuzatib bordi. Bu siyosatning o’zgarishi mintaqadagi aktyorlar bilan O’zbekistonning porloq kelajagi uchun yangi zaminning yaratilishiga yo’l ochishi mumkin.

Mirziyoyev 13 yildan beri Karimovning Bosh vazirlik vazifasini bajardi. Shunday ekan o’zgarishlar osonlikcha bo’lmaydi. Lekin Mirziyoyev o’z yurtini va mintaqani yaxshi biladi. Bu borada tajribali. Keyingi jarayonda O’zbekistonning Turk kengashi bilan bo’lgan munosabatlarini rivojlantirishi ham mintaqa, ham da turk tilida so’zlashuvchi davlatlar jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Zero O’zbekiston turk tilida so’zlashuvchi davlatlarning eng muhim davlatlaridan biri hisoblanadi.     

 

 



Aloqador xabarlar