Turkiyaning Toshkentdagi yangi elchisi Ahmet Bashar Shen O’zbekiston Respublikasi TIVda bo’ldi

Eslatib o’tamiz Ahmet Bashar Shen 2016-yilning 13-dekabridan beri Turkiya Respublikasining Toshkentdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasini bajarib kelmoqda.

655414
Turkiyaning Toshkentdagi yangi elchisi Ahmet Bashar Shen O’zbekiston Respublikasi TIVda bo’ldi

Kecha 2017-yilning 19-yanvari kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra suhbat davomida O’zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari, xususan turli darajalardagi ikki tomon uchrashuvlari jadvali bilan bog’liq mavzular muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz Ahmet Bashar Shen 2016-yilning 13-dekabridan beri Turkiya Respublikasining Toshkentdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasini bajarib kelmoqda.  

 



Aloqador xabarlar