Kipr muzokaralari bugun Mont Pelerinda davom etadi

Kipr muzokaralari ShKTR Prezidenti Mustafa Akinjining Prezident bo’lib saylanishi ortidan BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eidening o’rtamchiligida 2015-yilning 15-mayi kuni takror boshlagan edi.

653984
Kipr muzokaralari bugun Mont Pelerinda davom etadi

Kipr muzokaralari doirasida, “Xavfsizlik va kafolatlar” masalasi qo’lga olinadigan Beshlik ko’rinishdagi konferentsiya bugun Shveytsariyaning Mont Pelerin shaharchasida boshlanadi.

Shveytsariyaning Jeneva shahrida 2017-yilning 9-yanvarida boshlab 12-yanvarigacha davom etgan Kipr muzokaralarida kelishib olinganidek konferentsiya Kiprdagi tomonlar va kafil mamlakatlar hisoblangan Turkiya, Gretsiya va Angliyaning ishtirokida Mont Pelerinda davom etadi.  

Beshlik ko’rinishdagi konferentsiyada Kiprning turk tomoni nomidan muzokarachi O’zdil Nami boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

O’zdil Namining, konferentsiya davomida jarayonning oldindan rejalashtirilganidek ilgarilashini ta’minlash maqsadida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan tez-tez maslahatlashib turishi ma’lum bo’ldi.

Ushbu konferentsiyada Turkiya nomidan esa Tashqi ishlar vazirligi Maslahatchi o’rinbosari, elchi Ahmet Muhtar Gun boshchiligidagi delegatsiyaning ishtirok etishi kutilmoqda.  

Ushbu uchrashuv ortidan yanvar oyi yakunida uyushtirilishi kutilgan tashqi ishlar vazirlari saviyasidagi Beshlik ko’rinishdagi konferentsiyada, jarayonni tamomlaguvchi yakuniy qarorning qabul qilinishi tahmin qilinmoqda.

Kipr muzokaralari ShKTR Prezidenti Mustafa Akinjining Prezident bo’lib saylanishi ortidan BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eidening o’rtamchiligida 2015-yilning 15-mayi kuni takror boshlagan edi.

Jenevada bo’lib o’tgan muzokara ortidan 2017-yilning 12-yanvari kuni Kiprdagi tomonlar bilan uchta kafil mamlakat ishtirokida boshlagan konferentsiya, Gretsiyaning tayyorgarlik ko’rish talabi bilan vaqtinchalik to’xtatilgan edi.  

Kipr muzokaralari iqtisodiyot, Yevropa ittidoqi, mol-mulk, boshqaruv tizimi, tuproq, xavfsizlik va kafil mamlakatlar kabi 6 ta asosiy sarlavhalardan tashkil topadi.

 

 



Aloqador xabarlar