Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qirg’izistonga ta'ziya bildirdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayevga qo’ng’iroq qilib, Bishkekdagi aviahalokatda ko’plab insonlarning nobud bo’lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya bildirdi.

652541

Ma’lum bo’lganidek, Turkish Airlines aviakompaniyasining Gonkong-Bishkek reysini amalga oshirayotgan “Boeing 747” yuk samolyoti bugun mahalliy vaqt bilan soat 07:30 atrofida Bishkek yaqinlaridagi "Dacha Suu" qishlog’iga qulab tushgan.

Aviahalokat oqibatida 37 kishi halok bo’lgan. Bularning aksariyati qishloqda yashovchi mahalliy qirg’izlar hisoblanadi.

Shuningdek, halok bo'lgan 4 ta ekipajning barchasi turk millatiga mansub ekani aniqlandi.

Bularning 2 nafari uchuvchi va 2 nafari yuk tashish xodimi bo’lgan.

Yaralangan 6 kishi shifoxonaga yotkizilgan. Samolyot qulab tushgan "Dacha Suu" qishlog’idagi 15 ta uyda moddiy zarar yuzaga kelgan.

Ma’lumotga ko’ra, samolyot Bishkekdagi Manas aeroportiga qo'nish arafasida bo’lgan.

Bishkekdagi Xalqaro Manas aeroporti vaqtinchalik yopib qo’yilgan.

Aloqador xabarlar