Jenevadagi Kipr muzokarasi bugun ham davom etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis bugungi muzokaraning ilk bo’limida boshqaruv va hokimiyatni bo’lishish masalalarini qo’lga olmoqda.

648425

Bu haqidagi mavzular hal qilinganida tuproq mavzusiga o’tiladi.

Jahon banki rasmiylari ham hal qilingan mavzularga atab mablag’ ajratish masalasidagi muzokaralarga hissa qo’shish maqsadida Jenevaga boradi.

Kecha tomonlar, bu ikki masala bilan birga xavfsizlik va kafolatlar to’g’risida fikr almashgan edilar.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham kecha Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Sipras bilan telefon orqali gaplashib ushbu jarayonni baholadi.

Shu bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Kipr masalasi bo’yicha bosh maslahatchisi Espen Barth Eide muzokara jarayoniga hissa qo’shish maqsadida Jenevaga borgan siyosiy partiya vakillari bilan kechki ovqatda uchrashdi.

Kechki ovqat ijobiy munosabatda o’tdi.  

Aloqador xabarlar