TIKA ko'magida O'zbekistondagi Onkologiya dispanseri zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi

Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi O’zbekistonning Horazm viloyatida joylashgan Onkologiya dispanseri va Respublika Ihtisoslashtirilgan Urologiya markazining Horazmdagi bo’limini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlandi.

643118
TIKA ko'magida O'zbekistondagi Onkologiya dispanseri zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi

Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi TIKA O’zbekistonning Horazm viloyatida joylashgan Onkologiya dispanseri va Respublika Ihtisoslashtirilgan Urologiya markazining Horazmdagi bo’limini zamonaviy tibbiyot uskunalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minladi.

Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi ma’lum qilishicha, mazkur loyiha asosida, TIKA va Sog’liqni saqlash vazirligi hamkorligida O’zbekistonda xizmat olib borgan Ankara Numune shifoxonasi Urologiya klinikasi xodimi dotsent doktor Yilmaz Aslan ushbu shifoxonaga berilgan barcha tibbiyot uskunalari va tibbiy jihozlarni amalda tekshiruvdan o’tkazdi.

Shifoxona rahbariyatiga zamonaviy tibbiyot uskunalari va apparatlarni qanday ishlatish haqida ma’lumot bergan Yilmaz Aslan Urologiya markazining bosh rahbari va o’zbek urologlar bilan birga ikkita bemorning jarrohlik amaliyotiga qatnashdi.

Mazkur Urologiya markazida bir yil ichida jami 2500 va Onkologiya dispanserida esa, 4500 bemor davolanmoqda.



Aloqador xabarlar