O'zbekistonlik delegatsiya Gamburgda xalqaro tadbirda ishtirok etadi

O’zbekistonlik delegatsiya Gamburgda avvalom bor, "C 5+1" deb nomlangan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tadbirida ortidan esa, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

625581
O'zbekistonlik delegatsiya Gamburgda xalqaro tadbirda ishtirok etadi

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 8-9-dekabr kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida bo’lib o’tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Ushbu majlisda Germaniyaning YXHTdagi raisligi yakunlanadi.

Shuningdek 7-dekabr kuni Markaziy Osiyoning 5 mamlakati va AQShning tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashadi. “C 5 +1” deb nomlangan ushbu guruh dastlabki majlisini Samarqandda, ikkinchi majlisini esa Vashingtonda o’tkazgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra o’zbekistonlik delegatsiya Gamburg shahrida, YXHT a’zo mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o’tkazishni rejalashtirmoqda.

 



Aloqador xabarlar