AQSh Davlat kotibi o'rinbosari O'zbekistonga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Tomas Shennon shu yilning 24-29 oktabr kunlari Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

594446
AQSh Davlat kotibi o'rinbosari O'zbekistonga tashrif buyuradi

 

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Tomas Shennon kelgusi haftada O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Shennon shu yilning 24-29 oktabr kunlari Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonga rasmiy ziyorat amalga oshiradi. 

Manbalarga ko’ra, Tomas Shennon ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlariga kelayotgani qayd etilgan.

Tomas Shennon 24 oktabr kuni Qozog'istonda bo’ladi.

26-27 oktabr kunlari Qirg'izistonda bo'ladigan Tomas Shennon, Qirg’iziston ziyoratini yakunlab O'zbekistonga jo’nab ketadi.

Uning O'zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarida bo'lishi kutilmoqda.

Shennon tashrifi chog'ida, hukumat rasmiy vakillari, ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyatlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi.

 Bundan tashqari, tarixiy arxitektura yodgorliklari, xususan Registon ansambli bilan tanishadi. 

Tomas Shennon Samarqandda O'zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni ham rejalashtirgan. 
 

 

 



Aloqador xabarlar