O'zbekistonda falokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi

O'zbekistonda 2016 yil 11 oktyabrdan falokatlarning oldini olish salohiyatini kuchaytirish bo'yicha mahsus dastur amalga oshirila boshlandi.

587394
O'zbekistonda falokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi

O'zbekistonda falokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi

O'zbekistonda 2016 yil 11 oktyabrdan falokatlarning oldini olish salohiyatini kuchaytirish bo'yicha mahsus dastur amalga oshirila boshlandi. 

Ushbu dastur Jahon banki va O'zbekiston hukumatining qo'shma loyihasi bo'lib, Yaponiya va Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ofat ehtimollariga oid boshqaruvni joriy qilish dasturi doirasida moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish ishlarini bevosita Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish va tiklash global fondi amalga oshiradi. 

Jahon banki ma`lumotlariga ko'ra, O'zbekiston hukumatiga Bank tomonidan respublikadagi tabiiy ofatlarga qarshi salohiyatni mustahkamlash Dasturi uchun tehnik ko'mak ko'rsatiladi, deb yozdi uzdaily.uz sayti.

Mazkur loyiha O'zbekistonning yaqin ikki yarim yilda tabiiy ofatlar ehtimollarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish, davlat inshootlari uchun seysmik hatarlarni baholash, inqiroz vaqtidagi boshqaruv tizimini mustahkamlash va tabiiy ofatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash, moliyaviy hatar turlarini tushunishni yahshilashga yordam beradi. 

Dasturni hayotga tatbiq etish – O'zbekiston hukumatining davlat inshootlari infratuzilmalariga seysmik havflarni kamaytirishga qaratilgan muhim yo'nalishlarini aniqlash va rejalashtirish bo'yicha harakatlariga oid salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, favqulodda holatlarga shay turish va favqulodda hizmatlarni takomillashtirishiga yordam beradi. 

O'zbekistonda barcha tabiiy ofatlar orasida zilzila jiddiy iqtisodiy talofatlar Yetkazishi mumkin bo'lgan hatardir. Mamlakat aholisining va iqtisodiy inshootlarning yarmi seysmik hududlarda joylashgan. 

Jahon bankining yaqinda o'tkazgan tadqiqotlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida yiliga kamida 1mln kishi turli kuchdagi Yer silkinishidan aziyat chekadi. Natijada mamlakat YaIMning o'rtacha 3,2 foizini boy beradi. Havfli tabiiy hodisalar, jumladan zilzila insonlar o'limiga sabab bo'lishi bilan O'zbekistonning rivojlanish sohasidagi erishgan yutuqlariga ta`sir ko'rsatadi. 

 



Aloqador xabarlar