Abdulaziz Kamilov Bryusselda Neven Mimitsa bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida kecha boshlagan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi.

583576
Abdulaziz Kamilov Bryusselda Neven Mimitsa bilan uchrashdi

2016-yil 4-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YI o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning amaliy jihatlari ularni yanada mustahkamlash va rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Markaziy Osiyo – Yevroittifoq” shaklidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

 



Aloqador xabarlar