Qirg‘iziston bilan O’zbekiston o’rtasidagi aloqalar yaxshilanmoqda

Qirg‘iziston delegatsiyasining O’zbekistonning Andijon viloyatiga tashrifi chog’ida, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

582280
Qirg‘iziston bilan O’zbekiston o’rtasidagi aloqalar yaxshilanmoqda

Qirg‘iziston bilan O’zbekiston o’rtasidagi chegaradosh hududlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.

Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari hokimlari har oy uchrashuv o’tkazish to‘g‘risida hujjat imzoladi.

Qirg‘iziston delegatsiyasining O’zbekistonning Andijon viloyatiga tashrifi chog’ida, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

Hujjat O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qirg‘izistonning O‘sh, Botken va Jalolobod viloyatlari hokimlari tomonidan imzolandi.

Viloyatlarning hokimlari chegaradosh hududlarda yashovchi tinch aholining dolzarb va zaruriy masalalarini muhokama qilish uchun doimiy — har oylik uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib oldi. O‘zbekiston delegatsiyasining ham Qirg’izistonning chegaradosh viloyatlariga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

Eslatma: 130 kishidan iborat Qirg‘iziston delegatsiyasi O‘zbekiston vakillarining taklifiga binoan, 1 oktyabr kuni Andijon viloyatida bo’ldi.

Ular Andijon viloyatida o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini kengaytirish bo‘yicha qator tadbirlarda ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar