Akinji bilan Anastasiadisning bugungi uchrashuvi keyingiga qoldirildi

Janubiy Kiprning Trodos tog’i etaklarida kelib chiqgan o’rmon yong’ini, uch kundan beri davom etmoqda.

515281
Akinji bilan Anastasiadisning bugungi uchrashuvi keyingiga qoldirildi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek qismi rahbari Nikos Anastasiadisning bugun uchun rejalashtirilgan uchrashuvi Janubiy Kiprdagi o’rmon yong’ini tufayli keyingiga qoldirildi.  

Prezident matbuot xizmati tomonidan olingan ma’lumotga ko’ra uchrashuv Kiprning grek qismi lideri Anastasiadis taklifiga binoan qoldirilgan. Prezident Akinji ham kasbdoshining taklifini qabul qilgan.

Janubiy Kiprning Trodos tog’i etaklarida kelib chiqgan yong’inni o’chirish faoliyatlari uch kundan beri davom etmoqda.  

Yong’inni o’chirish faoliyatlari uchun Janubiy Kiprga Gretsiya va Isroil nomidan jami 16 uchoq va vertolyot yordam bermoqda.

Kiprlik liderlar ikki tomon muammosini hal qilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida, keng ko’lamli muzokara olib borish uchun oxirgi marotaba 17-iyun kuni uchrashuv o’tganzgan edi.

Kiprning grek tomoni lideri Anastasiadisning, Twitter hisobi orqali tarqatgan ma’lumotiga ko’ra, yong’in ochirish chog’ida 2 nafar o’t o’chiruvchi jon bergan. Anastasiadis bugun yong’in mintaqasiga boradi.



Aloqador xabarlar