O’zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi samarali chora-tadbirlar...

2016 yil 8 aprel kuni O'zbekiston Kasaba uyshmalari federatsiyasida bolalar mehnatiga qarshi chora-tadbirlarga oid navbatdagi idoralararo majlis bo`lib o`tdi.

469057
O’zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi samarali chora-tadbirlar...

2016 yil 8 aprel kuni O'zbekiston Kasaba uyshmalari federatsiyasida bolalar mehnatiga qarshi chora-tadbirlarga oid navbatdagi idoralararo majlis bo`lib o`tdi.

Unda ta`kidlanishicha, O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning to'laqonli a'zosi sifatida mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mazkur xalqaro tuzilmaning 13 ta konvensiyasi, xususan, majburiy mehnat haqida hamda bolalar mehnati og'ir turlarini keskin bartaraf etish haqidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan.

Ushbu sohada jahon hamjamiyati bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida respublika tomonidan 2014-yil aprel oyida “O'zbekistonda adolatli mehnatni yo'lga qo'yish bo'yicha 2014-2016-yillarga mo'ljallangan XMTning mamlakatlar bo'yicha dasturi" imzolangan.

Dastur uchta strategik yo'nalishni o'z ichiga oladi:

1) majburiy va bolalar mehnati to'g'risidagi konvensiyani amalga tatbiq qilishda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash; 2) aholini, shuningdek, yoshlarni adolatli mehnat bilan ta'minlash; 3) mehnat muhofazasi va aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning samarali tizimini ishlab chiqish.

Mazkur dasturni amala oshirish doirasida qator chora-tafbirlar yo`lga qo`yilgan.

Jumladan, Kasaba uyshmalari federatsiyasi, Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Fermerlar kengashi rahbarlarini o'z ichiga olgan bolalar mehnati bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilingan.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, dunyodagi 4 ta eng ko`p paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida O`zbekiston XMTning bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi barcha asosiy konvensiyalarini imzolagan yagona mamlakatdir.



Aloqador xabarlar