Mevlut Chavushog'lu:"Ozarbayjon ishg'ol qilingan hududlarini qaytarib olishga haqli..."

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi so'ngi vaziyat haqiqa fikr bildirdi.

464362
Mevlut Chavushog'lu:"Ozarbayjon ishg'ol qilingan hududlarini qaytarib olishga haqli..."

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi so'ngi vaziyat haqiqa fikr bildirdi.

Turkiya hamisha qardosh davlat Ozarbayjonni qo'llab quvvatlashini tilga olgan Chavushog'lu: “Ikki davlat o'rtasidagi kelishmovchilikka darhol chora ko'rish zarur. Ozarbayjonning tuproq butunligi, chegara xavfsizligi doirasida masalani hal qilish zarur. Hozirda Ozarbayjonning 7 tumani Armaniston tomonidan ishg'ol qilingan. BMT va Yevropa kengashi xalqaro miqyosda qaror olinganiga qaramasdan ovozini chiqarmayotir",-dedi.

Qorabog' muammosiga e'tibor qaratgan Chavushog'lu: “Minsk guruhiga a'zo davlatlar nima ishga yaraydi? Xohish bo'lsa, Rossiya, Amerika va Fransiya masalani bir kunda hal qiladi. Masalani hal qilmas ekansiz, mana shunday otishmalar ro'y beradi. Biz hech qachon notinchlik tarafdori emasmiz, hamisha tinchlik hukmron bo'lishini istaymiz. Albatta, har doim qardosh Ozarbayjonni qo'llab quvvatlaymiz. Qachon va qaysi mavzuda bizning yordamimizga ehtiyoji bo'lsa biz tayyormiz",-dedi.

Ozarbayjon masalani tinchliksevar yo'llar bilan hal bo'lishi tarafdori ekanini tilga olgan Chavushog'lu: “Chegarada doimo Armaniston askarlari notinchlik keltirib chiqarmoqda. Ozarbayjon ham tabiiy ravishda o'zini himoya qilish huquqidan foydalanmoqda, lekin bu Ozarbayjonning xohshi emas. Ozarbayjon faqatgina ishg'ol qilingan hududlarini tinchliksevar yo'llar bilan qaytarib olishni istaydi. Umid qilamanki, bu nizolar avj olmasdan bosti-bosti qilinadi va masala hal bo'ladi",-dedi.



Aloqador xabarlar