Ilhom Aliyev:"Ozarbayjon askari dushmanning boshini ezdi"

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yuzaga kelgan notinchlik munosabati bilan Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkazdi.

464098
Ilhom Aliyev:"Ozarbayjon askari dushmanning boshini ezdi"

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev chegarada armanlarning hujumlariga qarshi hujumga o'tilganini va dushmanga og'ir zarba berilganini bildirdi.

Ilhom Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yuzaga kelgan notinchlik sababli Xavfsizlik kengashi yig'ilishi o'tkazdi.

Yig'ilish chog'ida, Ilhom Aliyev Armaniston kuchlarining provokativ harakatlarini bostirish maqsadida olib borilgan operatsiyada chegaradagi bir qator strategik hudud qo'lga kiritilganini ma'lum qilgan.

Armanistonning maqsadi mintaqada notinchlik keltirib chiqarish ekanini, shu sababli bunday provokativ xatti-harakatlarga yo'l qo'yganini tilga olgan Aliyev: “Yana chegaradagi obyektlarimizga hujum qildilar. Askar va ofitserlarimiz halok bo'ldi. Shu sababli, Ozarbayjon askari dushmanning boshini ezdi lekin, ular butun dunyoga “Ozarbayjon sulh bitimini buzdi" deb xayqirmoqda. Biz sulh bitimini buzmadik, biz faqatgina ularning hujumini qaytardik xalos. Armaniston bunday hujumlarni to'xtatmasa, Ozarbayjon qo'shini ularga jazo beraveradi",-dedi.



Aloqador xabarlar