Qirg’izistonda 4 partiyali koalitsiya hukumati tuzildi

Qirg’izistonda Bosh vazir Temir Sariyev boshchiligida tuzilgan 4 partiyali koalitsiya hukumati ishonch ovozi oldi.

363574
Qirg’izistonda 4 partiyali koalitsiya hukumati tuzildi

Qirg’izistonda Temir Sariyev boshchiligida tuzilgan 4 partiyali koalitsiya hukumati ishonch ovozi oldi.
Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning buyrug’i bilan tuzilgan Sariyev hukumati 120 o’rinli majlisda bir ovozdan ishonch ovozi oldi.
Bosh vazir Temur Sariyev umumiy kengashda so’zga chiqib, minnatdorchilik bildirar ekan, bosh vazir sifatida hukumatning kafolatchisi bo’lishini aytib o’tdi.
Qirg’izistonda 4 oktyabrda o’tkazilgan deputatlik saylovida 7% lik saylov normasini 6 partiya oshib o’tishga muvaffaq bo’lgan edi.
Qirg’izistonda 2010 yil 7 aprel kungi xalq inqilobidan so’ng, tuzilgan muvaqqat hukumatda Bosh vazir o’rinbosari va Moliya vaziri sifatida xizmat ko’rsatgan Temur Sariyev boshchiligidagi Akdog’an partiyasi 2010 yilning iyun oyidagi saylovda saylov normasidan o’ta olmagan edi.
Shu sababli majlisda o’rin olmagan Sariyev shahsan Prezident Almazbek Atambayev tomonidan 2011 yilning 24 dekabr kuni tuzilgan koalitsiya hukumatida iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan edi.
Mamlakatda 2014 yilning 4 aprel kuni ish boshlagan koalitsiya hukumatining bosh vaziri Joomart Otorbayev tanqidlar tufayli 23 aprel kuni o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.
5 yil ichida tuzilgan 4-koalitsiya hukumatiga Temur Sariyev bosh vazir etib tayinlangan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar