Turkmaniston Respublikasi 24 yoshga to’ldi!

Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedovning tashrifi bilan boshlangan mustaqillik bayrami milliy kuy-qo’shiqlar jo’rligida tantanali ravishda o’tkazildi.

402822
Turkmaniston Respublikasi 24 yoshga to’ldi!

Turkmaniston Respublikasi 24 yoshga to’ldi.
Sovet Ittifoqi tarqalishi bilan 1991 yilning 27 oktyabr kuni o’tkazilgan referendumda mustaqilligini e’lon qilgan turkman xalqi poytaxt Ashxabodda mustaqillik bayramini nishonlamoqda.
Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedovning tashrifi bilan boshlangan mustaqillik bayrami milliy kuy-qo’shiqlar jo’rligida tantanali ravishda o’tkazildi.
Ahal Teke otlarining namoyishi stadionni to’ldirgan tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
Marosimlar chog’ida harbiy parad o’tkazildi.
Turkmaniston milliy gimni kuylandi va davlat bayrog’i yuqoriga ko’tarildi, jangovar samolyotlar havoda o’z mahoratini namoyish qildi.
Bayram dasturi ertaga Ashxabod ippodromida o’tkaziladigan Ahal Teke otlarining poyga musobaqasi bilan yakunlanadi.
Turkmanistonning mustaqillik bayramiga Turkiyadan Madaniyat va turizm vaziri Yalchin To’pchu va TRT Bosh direktori Shenol Go’ka boshchiligidagi gavjum hay’at ishtirok etdi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Yalchin To’pchu Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi.
Qabul chog’ida Sulton Alparslanning qabrini topish maqsadida yuritilgan faoliyatlarning qo’llab quvvatlanishiga e’tibor qaratildi.
Qolaversa, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Yalchin To’pchu Turkmaniston Vazirlar kengashi xalq ta’limidan mas’ul direktor o’rinbosari Sapandurdu Toyluyev, madaniyat va mediadan mas’ul direktor o’rinbosari Maysa Yazmuhammedova hamda Turkmaniston Madaniyat vaziri Annageldi Garajayev bilan uchrashdi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar