Yarim asrlik Kipr muzokaralari kompyuter o’yiniga aylandi

O'yinning prodyusserligini Kiprda dastlabki internet televideniyasini ham yo’lga qo’ygan Kipr Web Tv o’z zimmasiga olgan.

232838
Yarim asrlik Kipr muzokaralari kompyuter o’yiniga aylandi

“Cyprus Players” deb atalgan ushbu o’yindan maqsad Kiprlik yunon lider Nikos Anastasiadisni stolga o’tirg’izish bo’lib hisoblanadi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Ero’g’li bilan Kiprlik yunon lider Nikos Anastasiadisning Lefkosha bufer mintaqadagi Birlashgan Millatlar tashkiloti binosida o’tkazilgan muzokara jarayoni haqidagi ushbu o’yinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kiprdagi maxsus vakili Barth Eide ham o’rin olgan.

O’yinda Eideni, o’yinchi kuzatib bo’rar ekan Dervish Ero’g’li muzokara stolida o’tirgan, Anastasiadis esa stoldan qo’chgan tomondir.

O’yin jarayonida Space tugmasiga bo’silib Eidening, o’z oldidagi o’rindiqni turtib yuborishi ta’minlib Anastasiadisni esa muzokara stoliga otkazishga harakat qilinmoqda.

O’yinni o’ynagan kishi agar klaviaturadagi Space tugmachasiga bo’sib Anastasiadisni stolga o’tirishini ta’minlasa unda 10 ball qozongan boladi.

Fon musiqasi olaroq Kipr oroliga oid Dillirga deb atalgan anonim ashula chalinar ekan yunon lider Anastasiadisning muzokara stoli atrofida yugirib aylanishi va o’yinni o’ynagan kishining Eideni boshqarishi ila davom etmoqda.

100 ballni qo’lga kiritgan o’yinchilar oroldagi muammoni hal qilgan bo’ladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar