Bugun Ozarbayjonda motam kuni…

Bundan 97 yil muqaddam Bolshevik ruslar va arman uyushgan jinoyatchi to’dalar Bakuda mahalliy xalqni qilichdan o'tkazdi.

289571
Bugun Ozarbayjonda motam kuni…

Bugun Ozarbayjon xalqi motam tutmoqda.
Bundan 97 yil muqaddam Bolshevik ruslar va arman uyushgan jinoyatchi to’dalar qonli jinoyatga qo’l urdilar.
1918 yilning 30 mart kunidan 3 aprel kunigacha Bakuda 12 ming Ozarbayjon aholisi qatl qilindi.
Ortidan, 3 oy ichida Ozarbayjonning 100 ming aholisi vahshiylarcha o’ldirildi.
Ba’zilari tiriklayin ko’mib tashlandi, ba’zilari o’qqa tutildi, ba’zilari esa, tiriklayin yoqib yuborildi.
Qatl qilingan aholining aksariyati ayollar va yosh bolalar edi.
Bolshevik Ruslar va arman uyushgan jinoyatchi to’dalar tomonidan yuzlab qishloqqa o’t qo’yildi, o’n minglab aholi vatanidan boshqa joylarga surgun qilindi.
Vahshiy qatliom general Nuri Pasha komondonligi Kafkaz Islom qo’shinining Bakuga bostirib kirishi bilan yakun topdi.
Ozarbayjon Davlati qatliom qurbonlarini aslo unutmadi.
Har yili 31 mart kuni Ozarbayjonda qatliom qurbonlari turli marosimlar bilan yodga olinadi.
Ozarbayjonning dardiga malham bo’lgan Turkiya ham TRT ekranlari orqali qardosh davlat Ozarbayjonning motam kunini butun dunyoga ovoza qildi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar