Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov Turkiyada...

Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov prezidentlik saroyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

245269
Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov Turkiyada...

Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov Turkiyaga tashrif buyurdi.
Bugun tongi soatlarda poytaxt Ankaraga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedovni Esenbog’a aeroportida Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi kutib oldi.
Berdimuhammedov Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Berdimuhammedov bilan Erdog’an o’rtasida bo’lib o’tadigan o’zaro uchrashuvda, Turkiya bilan Turkmaniston o’rtasidagi investitsiya faoliyatlari hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng, ikki davlat rahbari shartnoma imzolash marosimiga qatnashadi.
Ortidan esa, mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.
Berdimuhammedov bilan Erdog’an ertaga İstanbulda Turkmaniston Xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimiga qatnashadi.
Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedovga tashrifi chog’ida turkman vazirlar va ko’plab iqtisodiyot mutahassislari hamrohlik qilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar