Sargardon mesxetin turklarining vatan sog'inchi...

İstanbulda bo'lib o'tgan Mesxetin turklarining 2-favqulodda kongresida mesxetin turklarining muammolari va bularni qanday hal qilish masalalari ko’rib chiqirildi.

162975
Sargardon mesxetin turklarining vatan sog'inchi...

 

Mesxetin turklari İstanbulda to’plandi.
Kuni kecha İstanbulda Mesxetin turklarining 2-favqulodda kongresi bo’lib o’tdi.
Kongresda so’zga chiqqan Turkiya İchki ishlar vaziri Efkan Ala mesxetin turklarining haq va huquqlarini ta’minlash bo’yicha zarur faoliyatlar yo’lga qo’yilganini aytib o’tdi.
150 dan ziyod akademik va siyosatchilar ishtirokida bo’lib o’tgan kongresda mesxetin turklarining muammolari va bularni qanday hal qilish masalalari ko’rib chiqirildi.
Turkiya İchki ishlar vaziri Efkan Ala mesxetin turklarining haq va huquqini ta’minlash yo’lida Gruziya bilan diplomatik faoliyatlar davom etganini ma’lum qildi.
“Mesxetin turklarining o’z vataniga qaytishi uchun qo’limizdan kelgancha g’ayrat ko’rsatyabmiz”-deya ta’kidlagan Efkan Ala masalani xalqaro maydonga olib chiqishga harakat qilganini, bu masala Gruziya bilan Turkiya o’rtasida amalga oshirilgan oliy yig’ilishlarda muhokama qilinishini bildirdi.
Qolaversa, “Rasmiy uchrashuvlarda Gruziyaning Yevropa Kengashi tarkibidagi mas’uliyatini eslatib, mesxetin turklarining vataniga qaytishiga to’sqinlik qilgan barcha huquqiy va rasmiy qiyinchiliklarni bartaraf qilishini talab qildik. Bu doirada zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajarishimizni, Turkiya sifatida hududda ommaviy turar-joy binolari qurilishini va ularni ish bilan ta’minlash kabi xususlarni tilga oldik”-dedi.
Hozirda mesxetin turklari dunyo bo’yicha jami 10 davlatda tarqoq holda yashamoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar