Qozog’iston bilan Xitoy o'rtasida shartnoma  imzolandi

Xitoy Bosh vaziri Li Kichiang bilan Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov ko’plab sohalar bo’yicha shartnoma imzoladi.

149034
Qozog’iston bilan Xitoy o'rtasida shartnoma  imzolandi

Kecha Xitoy Bosh vaziri Li Kichiang bilan Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov ko’plab sohalar bo’yicha shartnoma imzoladi.
İkki davlat o’rtasida imzolangan shartnomalarning jami qiymati 14 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mazkur shartnomalar bugun Qozog’istonning poytaxti Astanada bo’lib o’tadigan Shanghay Hamkorlik Tashkiloti hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishi oldidan imzolandi.
Xitoy Bosh vaziri Li Kichiang bilan Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov mavzuga doir mushtarak izoh bildirib, neft bahosi pasayishi bilan hamkorlikda makroiqtisodiy tashabbuslar amalga oshirilishini ma’lum qildi.
İmzolangan shartnomalar Qozog’istonning Hurgus hududida mahalliy port qurilishi va xususiy iqtisodiy hudud barpo qilish, o’zaro hamjihatlik mexanizmlarini tashkil qilish, atom hamkorlik va Qozog’istondagi kaliy zahiralarini kengaytirish kabi mavzularni o’z ichiga oladi.
Xitoy bilan Qozog’iston o’rtasidagi tijorat hajmi so’ngi 20 yil ichida juda rivojlandi.
İkki davlat o’rtasidagi tijorat hajmi 2013 yili 25 milliard dollardan oshar ekan, 2015 yilda esa 40 milliard dollarga yetishi tahmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar