Mengli Geroyxon, vafotining 500 yilligida yodga olindi.

2015-yil, "Mengli Geroyxonni Yodga Olish Yili” deb e’lon qilinsin!

141972
Mengli Geroyxon, vafotining 500 yilligida yodga olindi.

Qrimda, “Qrim tarixi, Qrimning madaniy merosini muhofaza qilish va ularni tadqiq qilishdagi aktual masalalar” deb nomlangan birinchi ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanga dunyoning 60 davlatidan yetuk mutaxassis olimlar ishtirok etdilar.

Anjuman, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix İnstitutiga qarashli “Qrim İlmiy Markazi” va “La Richesse” nomidagi Qrimning tarixiy muzeyi tomonidan uyushtirildi.

Ushbu anjumanga Qrimdan, Rossiyadan va Ukrainadan kelgan jami 60 ga yaqin tarixshunos, arxeolog, etnolog, san’atshunos, sotsiolog, kulturolog, filosof va adabiyotchi olimlar ishtirok etdilar.

Yig’ilishdan avval, anjuman ishtirokchilari, Qrim tatar xalqining buyuk farzandi, atoqli mutafakkur, marifatparvar İsmoil Gaspirali bilan Haji Giroy maqbarasini ziyorat qildi.

Anjuman ishtirokchilari, vafotining 500 yilligi munosabati bilan, 2015-yilning “Mengli Geroyxonni Yodga Olish Yili” deb e’lon qilinishini istaganliklarini bayon etdilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar