Aliyev:"Ozarbayjon Qurolli kuchlari dushmanga kun bermaydi"

İlhom Aliyev kecha Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga yaqin hududda joylashgan Shemkir harbiy qo’shiniga tegishli yangi qarorgohning ochilishini amalga oshirdi.

191806
Aliyev:"Ozarbayjon Qurolli kuchlari dushmanga kun bermaydi"

Ozarbayjon Havo Kuchlari 12 noyabr kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida Armaniston Qurolli kuchlariga tegishli bir vertolyotni Ozarbayjon hududida hujum tashabbusiga qo’l urganligi sababi bilan urib tushirgan edi.
Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev mavzuga doir, “Ozarbayjon Qurolli kuchlari bundan keyin dushmanning ehtimoliy hujumiga qarshi kerakli jazoni beradi”-dedi.
İlhom Aliyev kecha Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga yaqin hududda joylashgan Shemkir harbiy qo’shiniga tegishli yangi qarorgohning ochilishini amalga oshirdi va u yerda tekshiruv olib bordi.
Tekshiruvlardan so’ng, Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Ozarbayjon-Armaniston chegara hududidagi vaziyat haqida Prezident Aliyevga hisobot berdi.
Armaniston Qurolli kuchlariga tegishli vertolyotning provokatsiya tashabbusini qoralagan Aliyev, buning Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan o’z vaqtida bartaraf qilinganini bildirib, “Kuchli jang qilish qobiliyatiga ega Ozarbayjon Qurolli kuchlarining bundan keyin ham dushmanning ehtimoliy provokatsiyalariga qarshi kerakli jazoni berishiga ishonaman”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar