Astraxanda Kaspiy dengizi sohilida joylashgan davlatlar to'plandi

Ozarbayjon, Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston va Eron Prezidentlari Kaspiy dengiz havzasidagi masalalarni muhokama qildi.

144326
Astraxanda Kaspiy dengizi sohilida joylashgan davlatlar to'plandi


Kaspiy dengizi sohilida joylashgan 5 mamlakatning davlat rahbarlari kecha Rossiyaning Astraxan shahrida to’plandi.
Yig’ilishga Ozarbayjon, Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston va Eron Prezidentlari qatnashdi.
Yig’ilishda tomonlar Kaspiy dengiz havzasida ichki dengizning taqsimlanishi bo’yicha kelishib oldi.
Bu mavzuda kelgusi yil shartnoma imzolanishi qarorlashtirildi.
Olingan qarorga ko’ra, sohildosh davlatlarga tegishli hajm 15 mil, maxsus baliqchilik hududi esa, 10 mil bo’ladi.
Bundan tashqaridagi maydonda esa, manbalar mushtarak qo’llaniladi.
Lekin Kaspiy dengizi ustidagi aniq chegaralar hali belgilanmadi, navbatdagi yig’ilishgacha buning yakunlanishi nazarda tutilmoqda.
Yig’ilishda 2 yil ichida Kaspiy dengizida mushtarak dengiz tadbiqoti o’tkazish taklif qilindi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yig’ilishda chop etilgan dekloratsiya Kaspiy dengizining huquqiy statusi bilan bog’liq shartnomaning asosini tashkil qiladi.
Putinning fikricha, faqatgina Kaspiy dengizi sohilida joylashgan davlatlargina bu mintaqada harbiy tadbiqot o’tkaza oladi.
Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev ham Kaspiy dengizi kelgusida tinchlik, do’stlik va hamkorlik mintaqasi bo’lishidan umidvor ekanini aytib o’tdi.
Aliyev mintaqa xavfsizligiga rahna solgan Armaniston Ozarbayjonga qarshi ishg’olchi siyosat yuritganini tilga oldi.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev esa, Kaspiy dengizini o’rab turgan davlatlar o’rtasida erkin tijorat hududi tashkil qilinishini taklif qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar