Ozarbayjon Soma uchun safarbar...

69192
Ozarbayjon Soma uchun safarbar...

Somadagi ma’dan fojiasida halok bo’lgan ishchilarning hotirasi butun dunyoda yodga olinmoqda.
Ko’plab davlatlarda halok bo’lgan ishchilar hotirasi uchun hatmi va turli marosimlar o’tkazilmoqda.
Ozarbayjon Qizil yarim oy jamiyati ma’dan fojiasida halok bo’lgan insonlar uchun yordam safarbarligi e’lon qildi.
Deputatlar va davlat xodimlari yordam safarbarligiga boshchilik qilmoqda.
Bir oylik ish haqini yordam qatorida o’tkazgan Ganire Pashayeva barchani imkoni boricha yordam o’tkazishga chaqirdi.
Poytaxt Bakuda ham fojia qurbonlari uchun mavlud o’tkazildi.
Somadagi fojiada halok bo’lganlar uchun Mojaristonning poytaxti Budapeshtdagi turk shahidlar hiyobonida o’lganlar ruhi uchun janoza namozi o’qildi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasida joylashgan Akdeniz Karpaz Universiteti esa, fojiada halok bo’lgan yoki yaralangan ishchilarning farzandlarini bepul o’qitishini ma’lum qildi.
Yozma izohda, Somadagi ma’dan fojiasida halok bo’lgan ishchilarning farzandlaridan 4 yoki 2 yillik ta’lim muddati mobaynida hech qanday kontrakt puli olinmasligi qayd etildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar