Matbuot sharhlari 18.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2129291
Matbuot sharhlari 18.04.2024

                 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an: Falastinning mustaqillik uchun kurashini har qanday sharoitda himoya qilamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, G'azoda 14 ming bolaning hayotiga zomin bo’lgan Isroilning hatto Gitlerni ham ortda qoldirganini aytdi. Erdo'g'an Falastinning mustaqillik kurashini har qanday sharoitda jasorat bilan himoya qilishlarini bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g'an: Hamas ishg'olchi Isroilga qarshi kurash harakatidir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Hamas Falastin yerlarini ishg’olchi Isroilga qarshi himoya qilayotgan qarshilik harakati ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Hamas harakati Isroilga qarshi haqli kurashida Falastinni qo'llab-quvvatlagan Turkiya va Erdo’g’anga minnatdorchilik bildirdi.

 

Star gazetasi: “Hakan Fidan: Mintaqadagi qurbonlar faqatgina G'azo xalqidir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Isroilning Falastinga qarshi olib borayotgan genotsid siyosati va oxirgi o'zgarishlar haqida bayonot berdi. Vazir shuningdek, mintaqada faqat G'azo xalqi qurbon bo'layotganini bildirdi. “Mintaqa davlatlari sifatida biz tashqi kuchlarning o’z to’qnashuvlarini bu mintaqaga olib kelishini istamaymiz”,- dedi Turkiya TIV rahbari.

 

Star gazetasi: “Hakan Fidan Ismoil Haniye bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qatar ziyorati doirasida Hamas siyosiy byurosi raisi Ismail Haniye bilan uchrashdi. Uchrashuvda G’azoga insonparvarlik yordami, o’t ochishni to’xtatish va garovga olinganlarni qutqarish masalasi muhokama qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya Gretsiyaning dengiz parki deklaratsiyasini qabul qilmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) voizi O’mer Chelik, Gretsiyaning atrof-muhit faoliyati doirasida Egey va Ion dengizlarini hech qanday sharoitda dengiz parki deb e’lon qilish harakatlariga ruxsat bermaymiz dedi. “Gretsiya har xil suiiste'mollardan qochishi kerak. Mintaqa boshqa keskinlik va zo’ravonlikka toqat qila olmaydi”, - dedi O’mer Chelik.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar