Matbuot sharhlari 30.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2133572
Matbuot sharhlari 30.04.2024

                                

Sabah gazetasi: “Erdo’g'an: Turkiya uchun shaharlarni qayta qurish shart” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an AFAD raisligida o’tkazilgan tadbirda, "Turkiyada aholining 71 foizi zilzila xavfi yuqori bo'lgan joylarda istiqomat qiladi. Shu sababli Turkiyada shaharlarni qayta tiklash o’ta muhim”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya razvedkasi Iroq shimolida operatsiya o’tkazdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya razvedka tashkiloti tomonidan Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida o’tgan haftada uyushtirilgan harbiy amaliyotlarda, 15 nafar PKK/YPG terroristi yo’q qilindi. Ular orasida terroristik tashkilot yetakchilari ham bor.

 

Yeni shafak gazetasi: “Vazir Bayraktardan tabiiy gaz bo’yicha xushxabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Sakarya gaz maydonida kuniga 4,5 million kub metr gaz ishlab chiqarilayotganini va bu bilan 1,8 million xonadonning ehtiyojini qondirish mumkinligini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Turkiyaga kuchli xorijiy resurslar oqimi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Islom Taraqqiyot Banki (IDB) Guruhi 2024-2026 yillarni tartibga soluvchi Mamlakat strategiyasi doirasida Turkiyadagi loyihalarga 6,3 milliard dollar mablag’ ajratishini ma'lum qildi. “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy dasturimiz natijasida Turkiyaga chet el manbalari oqimi kuchli davom etmoqda”,-deydi Mehmet Shimshek.

 

Vatan gazetasi: “THY Afg'onistonga parvozlarni qayta tiklamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  2021-yilda Afg‘onistonga parvozlarini to‘xtatgan Turk Havo Yo‘llari (THY) bu mamlakatga parvozlarni qaytadan boshlamoqda. Afg’oniston poytaxti Kobulga parvozlar 21-may kuni boshlanadi. Aviakompaniya Istanbul-Kobul reyslarini haftada 4 kun amalga oshiradi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar