Matbuot sharhlari 05.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2072734
Matbuot sharhlari 05.12.2023

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an G‘arb qatliomlarni ko‘rmaslikka va eshitmaslikka olmoqda. Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, Isroilning G‘azoda qo‘l urgan qatliomlarida G‘arb haqiqiy yuzini ko‘rsatganini qayd etdi. Erdo‘g‘an bu haqida, “G‘arb davlatlari yana – da ko‘proq bolalarni o‘ldirishi uchun Isroilni hech qanday shartsiz qo‘llab – quvvatlamoqda”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: “Netanyahu, Miloshevichdek javobga tortilishi kerak”. Prezident Erdo‘g‘an G‘azo qassobiga aylangan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning urush jinoyatchisidan ham battar, Srebrenitsadagi qatliom ustidan ayblangan sobiq Serbiya Prezidenti Slobodan Miloshevich kabi sudlanishini bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya Isroilni ogohlantirdi. Xalqaro matbuotda o‘rin olgan xabarlarga ko‘ra Isroil Turkiya doxil Falastindan tashqarida yashovchi Xamas a’zolarini nishonga olmoqchi. Isroil rasmiylari bu borada bayonotlar ham bergan. Turk razvedka manbalari ushbu ma’lumotlarga asoslanib tegishli tomonlarni ogohlantirar ekan, aks holda buning jiddiy oqibatlari bo‘lishini qayd etdi.

Star gazetasi: Yirik to‘rtta turk firmasi ro‘yhatga kiritildi. Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI)ning ilk 100 ta eng yaxshi mudofaa sanoati kompaniyalari ro‘yxatiga 4 ta turk kompaniyasi ham kiritildi. Unda Aselsan oltmishinchi (69), Baykar yetmish oltinchi, Turk Aerokosmik sanoati sakson ikkinchi (82) va Roketsan yuzinchi (100) qatorda o‘rin oldi.

Yeni Şafak gazetasi: «Air China», Istanbul aeroporti xizmat beruvchi yuzinchi aviakompaniya sifatida qayd etildi. Tailandning «Thai Airways» aviakompaniyasi xizmat ko‘rsata boshlashi bilan bugunga qadar to‘qson to‘qqista (99) havo yo‘liga xizmat bergan Istanbul aeroporti, endilikda yuzinchisi (100) sifatida Xitoyning «Air China» kompaniyasiga ham xizmat bera boshladi. Mazkur firma eng avvalo Pekindan Istanbulga, Istanbuldan Pekinga qatnov yo‘lga qo‘yadi.

 



Aloqador xabarlar