Matbuot sharhlari 15.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1720176
Matbuot sharhlari 15.10.2021

Vatan gazetasi: Tolibon hay’ati Turkiyada. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Afgʻonistondagi Tolibon hukumati Tashqi Ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy yetakchiligidagi hay’at bilan oʻtkazgan uchrashuvi ortidan Tolibon hay’ati bilan Turkiyaning Afgʻonistonga bergan yordamini qoʻlga olganliklarini ifoda etgan holda: “Ular bizdan ayniqsa insonparvarlik yordami, u yerda biz kiritgan investitsiyalarning davom etishi, iqtisodiy oʻsish masalalari ustidan yangi yordamlar iltimos qilishdi”.-deya gapirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Hulusi Akar: Kerakli choralar vaqti kelganida koʻriladi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Suriyaning shimolidan Turkiyaga qarshi PKK/YPG terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumlar haqida: “Haq-huquq va manfaatlarimizni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun nima qilinishi kerak boʻlsa Hurmatli Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan boshchiligida bugungacha boʻlganidek bundan keyin ham vaqti kelganida huddi shunday amalga oshiriladi. Bundan hech kimning shubhasi boʻlmasin”.-dedi.

Sabah gazetasi: Mudofaa sanoatida toʻliq mustaqil boʻlish masalasi ta’kidlandi. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida uyushtirilgan Mudofaa sanoati ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida, mahalliy va milliy tizimlarga yangilarini ilova etish ishlari qoʻlga olindi va mudofaa sanoatida toʻliq mustaqil boʻlish masalasi ta’kidlandi.

Star gazetasi: Yana ikki davlat Turk Uchuvchisiz havo transportiga xaridor boʻldi. Efiopiya va Marokash “Baykar” Mudofaa ishlab chiqargan Uchuvchisiz havo transportlari harid qilib olmoqchi.

Hürriyet gazetasi: Dunyoning eng uzun boʻyli ayoli. Karabukning Safranboʻlu tumanida umr surgan Rumeysa Gelgi, 2 metr 15 santimetrlik boʻyi bilan, “Dunyoning eng uzun boʻyli ayoli”.-degan nom bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi.



Aloqador xabarlar