Turkiya iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozi 3,7 foizga oshirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferentsiyasi (UNCTAD) Turkiya iqtisodiyoti uchun bu yilgi o'sish prognozini 2,6 foizdan 3,7 foizga oshirdi.

2046505

UNCTAD Savdo va rivojlanish hisobotining oktabr oyidagi sonini e'lon qildi.

Hisobotda, o'tgan yili 3 foiz bo'lgan jahon iqtisodiy o'sish sur'atining 2023 yilda 2,4 foizga pasayishi kutilayotgani ta'kidlandi.

UNCTAD aprel oyidagi hisobotida bu yil jahon iqtisodiyoti 2,1 foizga o'sishini bashorat qildi.

Hisobotda, Turkiya iqtisodiyotining 2023 yildagi o'sish kutilmasi 2,6 foizdan 3,7 foizga oshirildi.

Qo'shma Shtatlar iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozi ham 0,9 foizdan 2 foizga qayta ko'rib chiqildi.

Hisobotda o'sish prognozi Yevropa Ittifoqi uchun 0,4 foizga va Xitoy uchun 4,6 foizga tushirildi va Germaniyaning bu yil 0,6 foizga qisqarishi taxmin qilindi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar